1

"Muftiy hazratning vasiyatlarini ado etdim..." – Rustam hoji Jamilov Usmonxon Alimov qanday vasiyat qoldirganlarini aytdi

Jamiyat 22.08.2021, 21:09
Teglar: Usmonxon Alimov
"Muftiy hazratning vasiyatlarini ado etdim..." – Rustam hoji Jamilov Usmonxon Alimov qanday vasiyat qoldirganlarini aytdi

Rustam hoji Jamilov marhum muftiy Usmonxon Alimov qanday vasiyat qoldirganini ochiqladi. Bu haqda Musulmonlar idorasi Matubot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Usmonxon Alimov vafotidan avval o`zi tug`ilib o`sgan Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi “Eshoni Temirxon To`ra” masjidi yonidagi qabristonga vaqti kelib dafn etilishini so`ragan. Marhum muftiyning otasi ham o`sha qabristonga qo`yilgan.

"Hazratimiz Usmonxon Alimov rahimahulloh muftiylik lavozimida boshqalardan ko`ra eng uzoq muddat faoliyat yuritdilar, desak, xato bo`lmaydi. U kishi 15 yil davomida O`zbekiston musulmonlari idorasida din yo`lida xizmat qildilar.

Biz ko`p safarlarda birga bo`ldik. Hazrat kim bilan qanday muomala qilishni bilardilar, zamonaviy til bilan aytganda, aqlli diplomat edilar. Dunyo sahnalaridagi nutqlari ham g`oyat tushunarli, chiroyli edi. Bir so`z bilan aytganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning munosib avlodlari edilar. U kishining xatti-harakatlarida go`zal payg`ambarona xulqni ko`rardingiz.

Muftiylik faoliyatlari davomida hazratning rahbarliklari ostida ko`pgina xayrli ishlarni birgalikda amalga oshirdik. Jumladan, eng avvalo masjidlar obod bo`ldi, bunda tahoratxonalarga alohida e`tibor qaratildi, yangi-yangi masjidlar bino qilindi. Yana ko`plab ma`rifiy, diniy, tarbiyaviy ruhdagi kitoblarni chop etdik. Xususan, u kishining qalamlariga mansub bo`lgan “Tafsiri Irfon” kitobini alohida tilga olish zarur. Yo bo`lmasa, Qur`on musobaqalarining keng ko`lamda, omma ichida o`tkazilganini ham ta`kidlash joiz.

O`zbekiston musulmonlari idorasi o`zini-o`zi boqsin, birovga qaram bo`lmasin, degan maqsadda Qibray tumanida yordamchi xo`jalik erlarini obod qilish, issiqxonalar qilish, poliz ekinlarini etishtirish, otxonalar va boshqa chorva fermalari, tikuv sexlari kabi ishlab chiqarishlarni hazratning tashabbuslari bilan amalga oshirdik. Idora binosi ham qayta ta`mirlanib, zamonaviy ko`rinishga ega bo`ldi.

Xususan, Diniy idora nashriyoti qoshida “Shamsuddinxon Boboxonov” nomli bosmaxonani tashkil qilish muftiy hazratlarining katta niyatlari bo`lgan edi. “Bolam, shu bosmaxona tezroq ishga tushsa, u erda mushaflar va boshqa diniy kitoblar chop etilganini ko`rsam”, degandilar. Mana, Allohga shukr, bu xayrli ishimizni o`z ko`zlari bilan ko`rdilar.

Hazrat avliyo inson edilar. Oxirgi yillarda mo`ljallagan ishlarimizni tez-tez bitirishimizni istardilar. “Meni yaqinda topolmay qolasizlar. Shuning uchun xayrli rejalarimizni tezroq amalga oshiraylik”, deb ta`kidlardilar...

O`zlari tug`ilib o`sgan Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi “Eshoni Temirxon To`ra” jome masjidini qayta ta`mirlab, yonidagi qabristonni ham obod qilganimizdan so`ng meni yonlariga chaqirdilar. O`shanda dadalarining qabrlari oldidagi joyni ko`rsatib: “Bolam, meni vaqti kelib shu erga dafn etinglar. Bu senga vasiyatim”, deb tayinlagandilar.

Ha, hammasini sezgan ekanlar. Shu masjidni ta`mirlayotganimizda ham “Tez-tez ishni tugatinglar”, deganlari hamon qulog`imda. Betob bo`lganlarida yonlarida turib, vafotlaridan so`ng u kishini olib kelib, o`zlari ko`rsatgan erga, ya`ni dadalarining yonlariga dafn etdik – vasiyatlarini bajardik, alhamdulilloh.

Hazrat bilan boshlab qo`ygan yana talaygina xayrli ishlarimiz bor. Xudo xohlasa, ularni bekamu ko`st bajarishga, oxiriga etkazib, ruhlarini shod etishga harakat qilaman.

Alloh taolo hazratimizni rahmatlarga burkasin. Qilgan xayrli, ezgu ishlarining ajrlarini o`zlariga hamroh qilsin. O`zi hammamizdan rozi bo`lsin, dinining yo`lida xizmatlarimizni davomli etsin. Omin!",–deyiladi ma`lumotda. 

Sharhlar

Shavkat Mirziyoev Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

15.08.2021, 22:20

Avvalroq, muftiy Usmonxon Alimov vafot etgani haqida xabar bergan edik.Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi bir guruh mutasaddilar O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan...
Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi

15.08.2021, 12:06

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda Mubashshir Ahmad xabar berdi.Usmonxon Alimov Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. 1982—1983-yillarda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1