23 avgustda kunduz kuni O`zbekistonda issiq va quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-38° atrofida bo`ladi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 34-36° gacha isiydi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30° bo`ladi.






