AsosiyJamiyat

Andijonda 6 oyda 3 ming 544 tonna baliq mahsuloti etishtirildi

'Andijonda 6 oyda 3 ming 544 tonna baliq mahsuloti etishtirildi'ning rasmi

Andijon viloyatida 2021 yilning birinchi yarmida jami 3 ming 544 tonna baliq mahsuloti etishtirildi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish
davlat qo`mitasi Axborot xizmati ma`lum qildi. 

Viloyatda intensiv usulda baliq etishtirish maqsadida ko`plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar doirasida Ulug`nor tumanida o`tgan yili umumiy qiymati qariyb 100 milliard so`mga teng 52 ta loyiha amalga oshirilib, Ulug`nor intensiv usulda baliq etishtirish bo`yicha namunali tumanga aylantirildi.

Baliq etishtirish bo`yicha boshqa tumanlarda ham katta muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Natijada joriy yilning birinchi yarmida o`tgan yilning mos davriga nisbatan 510 tonna ko`p baliq tayyorlanib, ishlab chiqarish hajmi 117 foizga ortgan.

Joriy yil yakunigacha viloyatda yana 25 ming tonna baliq etishtirilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar