AsosiyJamiyat

O`zbekistonga nega ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasi olib kelindi? Xorijga chiqmoqchi bo`lganlar nima qiladi?

'O`zbekistonga nega ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasi olib kelindi? Xorijga chiqmoqchi bo`lganlar nima qiladi?'ning rasmi

O`zbekistonga nega ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasi olib kelindi? Xorijga chiqmoqchi bo`lganlar nima qiladi?

Ushbu savolga AOKAda o`tkazilgan brifingda  Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva javob berdi.

"Vaksinasiyadan maqsad — koronavirus infeksiyasidan aholini himoya qilish, kasallik tarqalishini to`xtatish va og`ir asoratlarning oldini olish", — deydi u.

"Vaksinalarni O`zbekistonga olib kelish jarayoni boshlanganida qo`llash uchun rasmiy ruxsat etilgan vaksinalarni ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar 2020 yil iyul-avgust oylarida boshlangan. Shu davrda rasmiy ro`yxatdan o`tgan barcha vaksinalarni ishlab chiqaruvchilar bilan muzokara olib borilgan va shartnomalar tuzilgan. Bugungi kunda chet el fuqarolariga xorij davlatlarini talabi va vaksinalarni ro`yxatini shakllantirish har bir davlatning tanlovidir. Lekin bu talablar har bir davlatda kun sayin o`zgarib bormoqda, ya`ni barcha davlatlarda vaksinalarni samaradorligi o`rganilmoqda va ularning natijalariga ko`ra bu ro`yxatlar yangilanmoqda. Vaksinalarni yangi turlari hali yana ishlab chiqariladi, ularni sifat-samaradorligini baholagan holda har bir davlat chet el fuqarolari uchun qo`yiladigan talablarida vaksinalar ro`yxatini kengaytirib boriladi".

Shuningdek Sevara Ubaydullaeva vaksina olib xorijga chiqolmayotganlar nima qilishlari kerakligi  haqida tushuntirish berdi.

"Vaksina olmagan yoki olgan vaksinasi shu borishni belgilagan davlat ro`yxatida bo`lmasa, alternativ usul bu PSR-test usulidir. Muhim tomoni bu talab ham - har bir davlatda bu turlicha, ba`zi davlatlar 5, 7-10 kun karantinga oladi va 2 marta takroriy PSR-test usulida manfiy ko`rsatkich chiqsa, ularni o`z davlatiga kirishga ruxsat beradi" — deydi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar