O`zbekiston Afg`onistondan fuqarolarning evakuasiyasini Buxoro aeroporti orqali amalga oshirishga ruxsat berdi. UzNews.uz’ning Buxoro aeroportidagi manbasi evakuasiya uchun joy ajratilganini tasdiqladi.
Vengriyaning mahalliy nashrlaridan biri yakshanba kuni Vengriya poytaxti Budapeshtga Kobuldan evakuasiya qilingan Vengriya va boshqa EI davlatlari fuqarolari va mahalliy afg`onlar Wizz Air aviakompaniyasining maxsus aviareysida jo`nab ketgani haqida xabar berdi.
Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibi 24 avgust kuni yana ikki harbiy-transport samolyoti Buxorodan navbatdagi reyslarni amalga oshirishini ma`lum qildi.
23.08.2021 14:14
O`zbekiston Afg`onistondan fuqarolarni Buxoro aeroporti orqali ham olib chiqishga ruxsat berdi






