AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi akademiya tashkil etildi

'O`zbekistonda yangi akademiya tashkil etildi'ning rasmi

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi. Bu haqda Huquqiy axborot ma`lum qildi.

Prezident qarori bilan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi.

 Qarorga ko`ra, Akademiya barcha ta`lim bosqichlarida faoliyat ko`rsatadigan nodavlat ta`lim tashkiloti hisoblanadi.

 Akademiyada quyidagi yo`nalishlarda oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi:  

  •  xalqaro va milliy mehnat standartlari;
  •  mehnat huquqi;
  •  inson huquqlari;  
  • mehnat tibbiyoti;  
  •  ijtimoiy himoya va mehnat muhofazasi.

Akademiyada ta`lim faoliyati 2022/2023 o`quv yilidan boshlanadi.

 Ta`lim o`zbek, rus va ingliz tillarida to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 Qabul parametrlari, abiturientlarni qabul qilish tartibi, to`lov-kontrakt qiymati hamda pedagog kadrlarning mehnatiga haq to`lash miqdori O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi (Muassis) bilan kelishilgan holda Akademiya tomonidan tasdiqlanadi.  

Akademiya bitiruvchilariga oliy ta`lim va professional ta`lim to`g`risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.  

Qarorga ko`ra, har yili 20 nafardan kam bo`lmagan, Akademiyaga kirish imtihonlarida yuqori ball to`plagan, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida kam ta`minlangan oila sifatida ro`yxatga olingan oilalarning farzandlari bepul (Muassis granti asosida) o`qishga qabul qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar