AsosiyJamiyat

Subsidiya kimlarga beriladi? Qanday hollarda ish beruvchilar subsidiya olishlari mumkin?

'Subsidiya kimlarga beriladi? Qanday hollarda ish beruvchilar subsidiya olishlari mumkin?'ning rasmi

Bugun AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzaeva ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Unda fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash va ish beruvchilarda rasmiy bandlikni rag`batlantiruvchi subsidiyalar berish tartibi yuzasidan ma`lumot berildi:

— Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash va ish beruvchilarda rasmiy bandlikni rag`batlantiruvchi subsidiyalar ajratib kelinmoqda. Vazirlik:

 Fuqarolarga:

  • mehnat organlariga murojaat qilgan tadbirkorlik qilishni xohlovchi fuqarolarga  –  yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro`yxatidan o`tkazish, shu jumladan shtamplar va muhrlar olish, elektron raqamli imzo olish, tadbirkorlikka o`qish xarajatlarini to`lash va kreditni olish chog`ida sug`urta polisi haqini to`lash uchun xarajatlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida;

 

  • ishsiz fuqaroning tomorqa xo`jaligini rivojlantirish uchun mehnat organi, etkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa er egalari o`rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida — engil konstruksiyali issiqxonalar o`rnatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha, sug`orish vositalari xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha, urug`liklar va ko`chatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi;

 

  •  qishloq xo`jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha. Bunda, qishloq xo`jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg`or sohalarda tashkil etiladi.

 

  • tadbirkorlik va o`zini o`zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan ishsiz, shu jumladan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga - faoliyatini boshlash uchun kerak bo`lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so`mgacha bo`lgan miqdorda subsidiyalar ajratiladi.

 

️ Ish beruvchilarga:

  •  mehnat organlari yo`llanmasi bo`yicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida;

 

  • ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;

 

  •  «O`zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi qo`lda gilam va ipak mato to`qish bilan shug`ullanuvchilarga 3 tadan kam bo`lmagan ish o`rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to`qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun — har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida;

 

  • “Qorako`lchilik” uyushmasi a`zolariga qo`l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo`yicha xarajatlarni qoplash uchun - kamida bitta ish o`rni yaratish sharti bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida;

 

  • tadbirkorlik sub`ektlariga ish o`rinlari va sharoitlarini nogironligi bo`lgan shaxslarga moslashtirish uchun - har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha;

 

  •  o`rmon fondi erlarini ijaraga olgan ijarachilar ABKMda ro`yxatdan o`tgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi to`lash xarajatlarini qoplash uchun — 6 oy davomida o`rtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda;

 

  • usta-shogird an`analari asosida yoshlarga hunar o`rgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xom ashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta`minlashi hamda hunarmandlarning «Hunarmand» uyushmasiga a`zolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar