AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda erkak pnevmatik pistolet bilan do`stining ko`ziga otib qo`ydi

'Qashqadaryoda erkak pnevmatik pistolet bilan do`stining ko`ziga otib qo`ydi'ning rasmi

2021 yil 10 avgust kuni soat 14:00larda, Qarshi tumani «Bunyodkor» MFYda yashovchi I.B. tanishi tumanning «A.Navoiy» MFYda yashovchi V.F. bilan Nishon tumani Nuriston shaharchasidagi ko`lga cho`milish maqsadida borishadi. 

Cho`milish davomida ikki o`rtoq tortishib qolib, cho`milish uchun suvga tushgan V.F. ni I.B. yonidagi pnevmatik pistoleti bilan o`ng ko`z sohasiga bir marotaba o`q otib, unga qasddan og`ir tan shikasti etkazgan. Shundan so`ng, V.F. Qashqadaryo viloyati «Ko`z kasalliklari» shifoxonasiga o`z ehtiyotsizligi oqibatida jarohat olganligini ma`lum qilib, tibbiyot yordam olgan bo`lsada, IIBga murojaat qilmagan.

Viloyat «Ko`z kasalliklari» shifoxonasi yo`llanmasi bilan Toshkent shahriga borgan V.F.ni Respublika Ko`z kasalliklari klinikasida tibbiy ko`rikdan o`tkazgan shifoxona ma`muriyati holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar berilgan. Ushbu xabar yuzasidan to`plangan hujjatlar Qarshi tumani IIBda qayd etilib, jinoyat ishi qo`zg`atildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar