Rossiyaga ishlashga kelayotgan migrantlar aeroportning o`zidayoq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati e`tiborini tortgan. Bu haqda BBC News O'zbek ma`lum qildi.
O`zbeklarning egnidagi kiyimda AUE (Rossiyada faoliyati taqiqlangan «Arestantskoe ugolovnoe edinstvo» - «Mahbuslar jinoiy birligi» xalqaro ekstremistik harakati nomining bosh xarflari) yozuvi bo`lgan.
Bu ikki o`zbekistonlik maxsus xizmatlar tomonidan ekstremistik tashkilotga aloqadorligi tekshirilgan.
Rossiya FXX o`zbekistonliklarning bu ishida mamlakatda taqiqlangan terroristik tashkilotlarni qo`llab-quvvatlashni ko`rishgan.
Rossiyada ishlamoqchi bo`lgan o`zbekistonliklar Ma`muriy javobgarlikka tortilib, mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Migrasiya masalalari bo`yicha yurist Botirjon Shermuhammad Rossiyaga ishlashga keluvchilarni bu erda tarqatiladigan bepul futbolkalar va boshqa atributlardan ehtiyot bo`lishga chaqirmoqda.






