AsosiyJamiyat

«Voljskiy - Toshkent» yo`nalishida maxsus reys yo`lga qo`yiladi

'«Voljskiy - Toshkent» yo`nalishida maxsus reys yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

«O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Voljskiy - Toshkent» yo`nalishida 483-sonli yo`lovchi poezdining maxsus reysi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur poezd 2021 yil 27 avgust kuni soat 20:57 da «Voljskiy - Toshkent» yo`nalishida harakatini amalga oshiradi.

Shuningdek, 30 avgust kuni «Tolyatti - Toshkent» yo`nalishida 446-sonli yo`lovchi poezdining maxsus reysi yo`lga qo`yiladi. Bu poezd Tolyatti vokzalidan soat 12:35 da jo`naydi.

Mazkur poezdlarga faqat bir tomonga, ya`ni «Voljskiy-Toshkent» hamda «Tolyatti-Toshkent» yo`nalishlariga chiptalar sotiladi.

 

    Boshqa yangiliklar