AsosiyJamiyat

Prezident saylovini o`tkazishda koronavirus tarqalishining oldini olish bo`yicha Yo`riqnoma tasdiqlandi

'Prezident saylovini o`tkazishda koronavirus tarqalishining oldini olish bo`yicha Yo`riqnoma tasdiqlandi'ning rasmi

Bu haqda Markaziy saylov komissiyami axborot xizmati ma`lum qildi. 

 Yo`riqnomaga muvofiq:

● Saylov okruglari va uchastkalarida, ovoz berish xonalarida saylov komissiyasi a`zolari, saylovchilar, kuzatuvchilar va OAV vakillari: haroratni o`lchash uchun termometr, pirometr; himoya niqobi; bir martalik tibbiy qo`lqop (saylov komissiyasi a`zolari uchun); antiseptik suyuqlik (sanitayzer) kabi himoya va profilaktika vositalaridan foydalanishlari talab etiladi.

 

● Saylov jarayoni ishtirokchilari himoya niqobidan foydalanishi; qo`l berib salomlashish yoki to`g`ridan-to`g`ri kontaktga kirishishning boshqa shakllaridan saqlanishi; ijtimoiy masofaga rioya qilishi lozim. Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarning kirish qismida va ovoz berish xonasida ijtimoiy masofani saqlash uchun 1,5–2 metr oraliq masofani belgilovchi hamda harakatlanish yo`nalishini ko`rsatuvchi chiziqlar bo`lishi lozim.

 

● Okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarga biriktirilgan tibbiyot xodimi saylov komissiyalari binolarining kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini o`lchaydi, antiseptik vosita bilan qo`llarini dezinfeksiya qiladi va himoya niqobida bo`lishini nazorat qiladi, zaruratiga ko`ra himoya niqobi beradi.

 

● Uchastka saylov komissiyalari a`zolari ish faoliyatini amalga oshirishida shaxsiy himoya vositalari (himoya niqobi, antiseptik vositalar)dan foydalanishlari shart.

 

● Saylov kuni ovoz berish boshlanishidan kamida olti soat oldin barcha uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish binolari va xonalari dezinfeksiya qilinadi.

 

● Saylov uchastkasi «qizil» yoki «sariq» hududga to`g`ri kelgan taqdirda komissiya a`zolari ish faoliyati davomida majburiy foydalanishi uchun himoya vositalari bilan ta`minlanadi. Unga ko`ra, taalluqliligi bo`yicha: maxsus kombinezon, xalat; nafas olish tizimini himoya qilish uchun — tibbiy niqob; ko`rish a`zolarini himoya qilish uchun — yuz uchun plastmassali niqob;  qo`llarni himoya qilish uchun — tibbiy qo`lqop; qo`l va yuz terisini dezinfeksiyalovchi vositalar, eritmalar, tarkibida xlor va spirt bo`lgan mahsulotlar.

    Boshqa yangiliklar