Bugun AOKAda Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne`mat Atamuratov ishtirokida o`tkazilgan brifingda «Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Prezident farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ma`lumot berildi:
Prezident farmonining 10-bandida Er toifasidan qat`i nazar barcha turdagi er uchastkalari hamda bino-inshootlarga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazmaslik holatlarini aniqlash, er uchastkalarining o`zboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini o`zboshimchalik bilan o`zgartirishga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rish, erdan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazorati Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilishi;
Er uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlarini o`z vaqtida aniqlash va chora ko`rish uchun Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlari mas`ul ekanligi belgilangan.
Kadastr agentligi tomonidan Farmonda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta`minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Er uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo`yicha:
Agentlikning er va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida respublika bo`yicha jami 12 422 ta holatda 2 178,2gektar er maydonlari o`zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.
Jumladan,
▪️ 6 952 ta (617,5 gektar) holatda uy-joy qurish;
▪️ 3 259 ta (239,8 gektar) holatda noturar joy qurish;
▪️ 1 485 ta (571,9 gektar) holatda tomorqa sifatida foydalanish;
▪️ 55 ta (268,2 gektar) holatda baliq hovuzlarini qurish;
▪️ 111 ta (12,8 gektar) holatda tuproq kar`er qilish hamda
▪️ 560 ta (468 gektar) holatda erlar boshqa maqsadlarda o`zboshimchalik bilan egallab olingan.
Aniqlangan er qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko`rish maqsadida:
- 10 767 ta er qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga hamda 72 ta erdan foydalanuvchi sub`ektlarga ogohlantirish xatlari yuborilib, 336,5 gektar er maydonidagi qonun buzulishlar bartaraf etildi;
- er qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklariga 7 710 ta (1 286 gektar) taqdimnomalar kiritildi;
- 1 560ta holatda sudlarga kiritilgan da`vo arizalariga asosan 15,7 gektar er maydonidagi holat bo`yicha sudning hal qiluv qarori qabul qilindi;
- 894 ta (127,7 gektar) holat bo`yicha sud jarayoni davom etmoqda;
- huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko`rish uchun 4 483 ta (932 gektar) holat yuzasidan prokuratura organlariga ma`lumotlar taqdim etilib, hozirgi kunda bartaraf etish choralari ko`rilmoqda.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 23 iyul kunidagi “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari”ga bag`ishlangan video selektor yig`ilishida berilgan topshiriqlarga asosan Kadastr agentligi markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni qayta ko`rib chiqish ishlari olib borilmoqda.






