AsosiyJamiyat

Investisiya loyihalarini tashqi infratuzilmalar bo`yicha Prezident qarori qabul qilindi

'Investisiya loyihalarini tashqi infratuzilmalar bo`yicha Prezident qarori qabul qilindi'ning rasmi

“Investisiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 oktyabrdan investorning qiymati 200 milliard so`mdan oshadigan, uning o`z mablag`lari ulushi 25 foizdan kam bo`lmagan, investisiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari bilan ta`minlash Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.

 Qiymati 200 milliard so`mdan oshadigan investisiya loyihalari doirasida byudjet ssudasi mablag`lari:

➖ elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta`mirlash ishlari uchun – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJlarga;

➖ tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta`mirlash ishlari uchun – “O`ztransgaz” AJ va “Hududgazta`minot” AJlarga ajratiladi.

Avtomobil yo`llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta`mirlash ishlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo`llarini rivojlantirish jamg`armalari hisobidan amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar