19-avgust kuni Beruniy ko`chasida joylashgan bozorda go`sht mahsulotlari bilan oldi-sotdisi bilan shug`ullanuvchi fuqaro Yu.O` IIBga murojaat qilgan.
Fuqaro o`z murojaatida 28-iyun kuni noma`lum shaxs uning ishonchiga kirib, sotmoqchi bo`lgan jami narxi 35.392.000 so`mlik 296 kg go`sht mahsulotlarini olib ketib, pullarini 2-3 kun muddat ichida olib kelib berishini aytib, bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan go`sht mahsulotlarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini o`z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yu.M sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






