Bu haqda Transport vazirligi va "Toshkent metropoliteni" DUK mutasaddilari ishtirokida AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.
Metropolitendagi xizmatlar turlarini ko`paytirish maqsadida bugungi kunda metropoliten barcha bekatlarida mobil aloqa vositasi (USELL) va bepul internet tarmog`i (WI-FI) ishlayapti.
Metropoliten mutaxassislari tomonidan boshqa mobil aloqa operatorlarini jalb qilish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.
Toshkent metropoliteni yo`lovchilar bilan to`g`ridan to`g`ri va eng muhimi tezkor muloqotni yo`lga qo`ymoqchi. Buning uchun yaqin kunlarda “Metropoliten - yo`lovchi” portali ochiladi. Ushbu portal orqali barcha yo`lovchilar metropoliten faoliyati bo`yicha taklif va e`tirozlarini bildirishi mumkin bo`ladi.