AsosiyJamiyat

SSV: Mustaqillik bayrami tadbirlarini o`tkazish tartiblari belgilandin

'SSV: Mustaqillik bayrami tadbirlarini o`tkazish tartiblari belgilandin'ning rasmi

So`nggi kunlarda yurtimizda koronavirus bilan kasallanish ko`rsatkichlari nisbatan barqarorlashayotganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o`ttiz yillik bayrami tadbirlarini ko`tarinki ruxda o`tkazish maqsadida Koraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va ko`ngil ochar dasturlarni tashkil etish borasidagi tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan takliflar ma`qullandi.

 

Mustaqillikning o`ttiz yilligi bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni yuqori saviyada o`tkazishni ta`minlashga mas`ullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilarni niqob taqishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari, shaxsiy gigiena qoidalariga qat`iy rioya etish ustidan nazoratini kuchaytirishni ta`minlash shartligi belgilandi.

 

Shu o`rinda Sog`liqni saqlash vazirligi bayram tadbirlari o`tkaziladigan maydonlarda, shuningdek, tashkilot, korxona, muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko`ngilochar muassasalarda niqobda bo`lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o`lchash amaliyotlariga rioya etilishini so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar