Bu haqda SSV axborot xizmati ma`lum qildi.
Koronavirus infeksiyasining yanada keng tarqalishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining joriy yil iyul oyidagi qarori bilan jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o`tayotgan mahkumlar hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarga qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuv berilishi vaqtincha to`xtatilgan edi.
Keyinchalik mamlakatdagi epidemik vaziyatni hisobga olib, ular o`rtasida koronavirus tarqalib ketishining oldini olish maqsadida qisqa muddatli uchrashuv berilishini vaqtincha to`xtatish to`g`risidagi takliflar ham ma`qullangandi.
Co`nggi kunlarda mamlakatimizdagi epidemik holat barqarorlashayotganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o`tayotgan mahkumlar hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar bilan qisqa muddatli uchrashuvga qo`yilgan vaqtinchalik taqiqlar bekor qilindi.






