AsosiyJamiyat

Karmanada quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

'Karmanada quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev Navoiy viloyatiga safarini Karmana tumanidan boshladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi.  Davlatimiz rahbari bu erda barpo etilgan yangi quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish marosimida nutq so`zlamoqda:

«Bugun Karmana tumanida «yashil energetika»ga o`tish yo`lidagi birinchi qadam bo`lmish quvvati 100 megaVatt bo`lgan zamonaviy quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilmoqda. Barchangizni ana shu quvonchli voqea bilan chin qalbimdan tabriklayman.

 Avvalo, ushbu loyiha doirasida qisqa muddatda — bir yarim yil ichida katta hajmdagi ishlar bajarilganini ta`kidlash lozim. Xususan, 110 million dollar investisiyalar o`zlashtirilib, 300 mingta quyosh panellari o`rnatilgani chindan ham sanoatimiz tarixida juda katta voqeadir.

 Bu erda yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 160 ming tonna  bug`lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi».

    Boshqa yangiliklar