AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyov Afg`oniston haqida: O`zbekiston tomonga birorta o`q otilmasligi uchun har qanday muloqotga tayyorman

'Shavkat Mirziyov Afg`oniston haqida: O`zbekiston tomonga birorta o`q otilmasligi uchun har qanday muloqotga tayyorman'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev toliblar bilan O`zbekiston olib borayotgan muloqotlar haqida fikr bildirdi:

«Tolibon bilan kecha yoki bugun emas, ikki yil oldin muloqotni boshlagandik. Televizorda ko`rgan bo`lsangiz, ularning Dohadagi rahbari Mulla Abdul G`ani Birodar janobi oliylari ham o`shanda O`zbekiston xalqiga, O`zbekiston tomoniga birorta o`q otilmasligi bo`yicha va`da bergandi. Va`dasini bajarayotgani uchun ham ular bilan muloqot qilishimiz tabiiy.

Menga xalqimning tinchligi kerak, osoyishtaligi kerak. Faqat va faqat o`zbek xalqimning, jonajon O`zbekistonning tinchligiga ta`sir ko`rsatadigan omil bo`lsa, kim bo`lishidan qat`i nazar muloqotga kirishishga tayyorman.  

2 yil oldingi tahlillarimiz toliblarning kuchayishidan dalolat bergan edi. Shuning uchun ikki yil oldin ular bilan muloqotlarni boshlagandik», - dedi prezident.

    Boshqa yangiliklar