30 gektarli maydon. 500 ga yaqin ish o`rni. Energiya tejovchi va atmosferaga zarar miqdorini kamaytiruvchi loyiha. Prezident Shavkat Mirziyoev Navoiy shahridagi “Navoiyazot” AJda “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish”ni tashkil qilish loyihasi bilan tanishish barobarida Navoiy viloyati faollari, mehnat faxriylari, ekologlar, korxona ishchi xodimlari, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda xorijiy investorlar, diplomatik vakolatxonalar vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar qilmoqda.
Loyiha nimasi bilan ahamiyatli?
- Energiyasi sarfi yuqori bo`lgan, 55 yil oldin qurilgan 2 ta ammiak ishlab chiqarish sexlari foydalanishdan chiqarilib, o`rnida ammiak va karbamid ishlab chiqarish bo`yicha zamonaviy loyiha amalga oshirilgan. Natijada zamonaviy texnologiyalarni qo`llash evaziga bir yilda o`rtacha 46,8 ming tonna atmosferaga chiqadigan ammiak gazlari ushlab qolinadi.
- Ammiak ishlab chiqarish uchun energiya sarfi qariyb 2 barobarga tejaladi Natijada, yiliga o`rtacha 736 mln. KVt/soat yoki 400 mlrd. so`mlik elektr energiyasi tejaladi.
2020 yil dekabr oyida ishga tushirilgan mazkur loyiha uchun 985,7 mln.dollar mablag` sarflangan bo`lib, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi mablag`i (320 mln. dollar), Yaponiya banklari va moliyaviy institut kreditlari (577 mln.dollar) va korxonaning o`z mablag`lari hisobiga ishga tushirilgan. Korxona tomonidan yiliga 577,5 ming tonna karbamid va 660 ming tonna ammiak ishlab chiqariladi. Shundan, ammiakning 330 ming tonnasi yangi karbamid ishlab chiqarishga hamda 330 ming tonnasi ammiakli selitra ishlab chiqarishga yo`naltiriladi.
Shuningdek, Prezident tomonidan “Navoiyazot” AJning mavjud xomashyo zahiralaridan oqilona foydalangan holda yuqori qo`shilgan qiymatli yangi turdagi kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi kimyo texnologik klasterini tashkil etish bo`yicha bo`yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Davlat rahbarinirng ta`kidlashicha, buning natijasida "Navoiyazot" AJ ishchilari soni qo`shimcha 3 mingga oshadi.






