Kinematografiya agentligi tomonidan bu yilgi Yaponiyada o`tkazilishi rejalashtirilgan “DigiCon6 Asia-2021” qisqa metrajli filmlar festivali uchun saralash bosqichi o`tkazildi, deya xabar berdi agentlik matbuot kotibi.
Ma`lum bo`lishicha, kinofestival uchun yosh rejissyorlar Shokir Xoliqovning “Qiz va bulut”, Feruz Bahodirovning “Uy”, Abbos Xurramovning “Handkenchief” va Ivan Xaritonovning “Grechka” filmlari tanlab olindi.
Yuqorida nomlari sanalgan filmlar joriy yilning noyabr oyida Tokio shahrida bo`lib o`tadigan “DigiCon6 Asia-2021” kinofestivalida ishtirok etadi, deyiladi xabarda.