AsosiyJamiyat

Botir Zaripov: Prezident jamoasiga iqtidorli, tashabbuskor va umidli avlod kirib kelmoqda

'Botir Zaripov: Prezident jamoasiga iqtidorli, tashabbuskor va umidli avlod kirib kelmoqda'ning rasmi

Buxorodan "Kelajak liderlari" klubining rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tdi.  Endi ular davlat xizmatidagi rahbarlarga dublyor bo`lishlari mumkin. Bu haqda makzur tadbirda ishtirok etgan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov aytib o`tdi.  

  Botir Zaripov,
 Buxoro viloyati hokimi: 

Bu tadbirda ishtirok etayotgan yoshlar vatan va millat uchun daxldorlik estafetasini qo`limizdan olib, yurtimiz, viloyatimiz rivoji va taraqqiyoti, turmushimiz farovonligi uchun munosib xizmat qiladigan kadrlar bo`lib etishadi.

Buxoroda ham yuqori saviyada tashkil etilgan "Kelajak liderlari" klubining rasmiy ochilish marosimi tom ma`noda yoshlarning hayotida yangi sahifa ochdi. Endi ular davlat xizmatidagi rahbarlarga dublyor bo`ladi, turli sohalarda tajribasini oshiradi, xalq bilan bevosita ishlaydi, xorijiy tillarni bilish ko`nikmasini rivojlantiradi. Bir so`z bilan aytganda, xalqining farovonligi uchun bor imkoniyatini yo`naltirishga qodir zaxira kadrlar sifatida shakllanadi. 

Boshqa yangiliklar