24 avgust kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan ayol talonchilik yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.
Unga ko`ra, 24 avgust kuni soat 18:30 larda notanish shaxs, Namangan shahar hududida joylashgan istirohat bog`ida narxi 3.700.000 so`mlik “Redmi Note-9 Pro” rusumli uyali telefon apparati va telefon g`ilofi orasida bo`lgan 100 AQSh dollari hamda 300.000 so`m pullarini qo`lidan tortib olib qochib ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Namangan viloyat IIB PPXB va JTSB PPXB 3-otryad xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 avgust kuni O`z.R JKning 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






