AsosiyJamiyat

MIB tomonidan amalda undirilganlarning 7,6 trln so`mlik ijro hujjatining muddati buzilgan holda ijro etilgan

'MIB tomonidan amalda undirilganlarning 7,6 trln so`mlik ijro hujjatining muddati buzilgan holda ijro etilgan'ning rasmi

MIB tomonidan amalda undirilganlarning 7,6 trln so`mlik 742 ming 476 ta ijro hujjatining muddati buzilgan holda ijro etilgan. Bu haqda Oliy Majlis Senati ma`lum qildi.

Yalpi majlisda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi N.Umarov sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga parlament so`rovi yuborish to`g`risidagi masala yuzasidan munosabat bildirdi.  

Qo`mitamiz tomonidan mazkur sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish holati o`rganib chiqildi. Tahlillar asosida bugungi kunda Byuro organlarining faoliyatida ayrim kamchiliklar mavjud ekanligi aniqlandi.

Xususan, ma`lumotlarga ko`ra, Byuro organlari 2020 yil 1 yanvar holatiga jinoyat, ma`muriy, fuqarolik, iqtisodiy sudlar va boshqa organlarning jami 48,7 trln so`mlik 3 mln 788 ming 927 ta ijro hujjati ish yurituvda bo`lgan. Yil davomida 34,5 trln so`mlik 2 mln 698 ming 476 ta ijro hujjati tamomlangan va tugatilgan. Shundan 2 mln 124 ming 591 ta (56 %) ijro hujjati bajarilib, 15,1 trln so`m (31 %) undirilgan. Amalda undirilganlarning 7,6 trln so`mlik 742 ming 476 ta ijro hujjatining muddati buzilgan holda ijro etilgan.  

2021 yil 1 yanvar holatiga 14,2 trln so`mlik 1 090 451 ta ijro hujjati qoldiq bo`lib o`tgan. Shulardan, 3,2 trln so`mlik 368 250 tasi (40 %) ikki oylik muddati o`tgan ijro hujjatlari hisoblanadi.

Shuningdek, huquqni qo`llash amaliyotida ham qator muammo va kamchiliklar mavjud.

    Boshqa yangiliklar