“Barselona” jamoasi etakchisi Lionel Messi “Real Madrid”ga qarshi (1:2) kechgan navbatdagi “El-Klassiko”da gol kirita olmadi.
Argentinalik futbolchi shu tariqa faoliyatida birinchi marta ketma-ket besh o`yinda “Qirollik klubi” darvozasini ishg`ol qila olmadi.
2011–2012 yillarda Messi ketma-ket 4 o`yinda “Real” darvozasiga gol ura olmagan edi.
Ushbu mavsumda 28 yoshli hujumchi Primeraning 26 ta o`yinida 22 ta gol kiritib, 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.