26 avgust kuni Samarqand viloyatida ikki haydovchi o`rtasida kelishmovchilik tufayli janjal kelib chiqqan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Unga ko`ra, Toyloq tumani «Saribozor» mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan A.A. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashina «Samarqand-Urgut» yo`nalishida ketayotgan vaqtida, shu yo`nalishdan qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan, Urgut tumani «Tirsak» mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan O.A. boshqaruvidagi avtobus (“AVTOTRANS URGUT” DUKga qarashli), A.A.ni yo`liga chiqib ketganligi natijasida ular o`rtasida o`zaro kelishmovchilik yuzaga kelib, haydovchilar bir-birini urib tan jarohati etkazgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






