1

Qashqadaryoda 17 yoshli qiz o`z otasini o`ldirgani rostmi? Tafsilotlar ochiqlandi

Jinoyat 28.08.2021, 09:35
Qashqadaryoda 17 yoshli qiz o`z otasini o`ldirgani rostmi? Tafsilotlar ochiqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda «G`uzorda 17 yoshli qiz o`z otasini o`ldirib qo`ygani aytilmoqda» nomli xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasining Matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2021 yilning 18 avgust kuni soat 07:00 larda G`uzor tumani, Pastqovchin qishlog`ida yashovchi marhum X.Sh. yashash uyi darvozaxonasida vafot etgan holda topilgan.

Aniqlanishicha, marhum X.Sh. spirtli ichimlikka ruju qo`yib, voyaga etmagan qizi Q.O.ning oshxonada ishlab topgan pulini olib, spirtli ichimlik iste`mol qilib kelgan, shuning oqibatida ota va qiz o`rtasida yuzaga kelgan janjal tufayli Q.O. o`zini himoya qilish maqsadida otasining bosh qismiga yog`och bo`lagi bilan bir necha marotaba urib, tan jarohati etkazgan, X.Sh. qizini haqorat qilishda davom etavergach, Q.O. otasini mast holda uydan chiqib ketmasligi uchun uning qo`l-oyog`ini sim bilan bog`lab, yashash uyidan chiqib ketgan.

So`ngra shu kuni soat 19:30 larda uyiga qaytib kelib, otasining qo`l-oyog`ini echib, shu joyning o`ziga ko`rpa-to`shak va yostiq tayyorlab uni yotqizib, uyda qolishdan qo`rqqanligi sababli dugonasi R.D.ning uyida tunab qolgan.

Ertasi kuni soat 05:00 larda uyiga kelganida otasining vafot etganligini ko`rib, qo`shnilariga xabar bergan.

Holat yuzasidan G`uzor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1