Kecha, 27 avgust kuni yurtimizda 829 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 8 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lumot berdi.
2021 yil 27 avgust holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 154033 (+829) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 81 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 33 nafari Andijon viloyatida,
- 16 nafari Buxoro viloyatida,
- 22 nafari Jizzax viloyatida,
- 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 16 nafari Navoiy viloyatida,
- 25 nafari Namangan viloyatida,
- 77 nafari Samarqand viloyatida,
- 19 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 32 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 77 nafari Farg`ona viloyatida,
- 36 nafari Xorazm viloyatida,
- 129 nafari Toshkent viloyatida,
- 248 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 81 nafar
- Andijon viloyatida 137 nafar,
- Jizzax viloyatida 22 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,
- Namangan viloyatida 42 nafar
- Samarqand viloyatida 84 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 61 nafar
- Surxondaryo viloyatida 30 nafar,
- Farg`ona viloyatida 82 nafar,
- Xorazm viloyatida 43 nafar,
- Toshkent viloyatida 112 nafar,
- Toshkent shahrida 144 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 146550 (+857) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1064 nafarni tashkil qildi.






