1

Jizzax va Samarqandda oilaviy mehmon uylari soni ortmoqda

Jamiyat 28.08.2021, 14:59
Teglar: ​Samarqand, ​Jizzax, oilaviy mehmon uylari
Jizzax va Samarqandda oilaviy mehmon uylari soni ortmoqda

 Jizzax va Samarqand viloyatlarida oilaviy mehmon uylari soni ortib bormoqda.

Mazkur hududlar bilan tanishish maqsadida gidlar, sayyohlik tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media - tur tashkil etildi.

O`zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi (O`XSTU) va O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi ko`magida “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan USAIDning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish bo`yicha loyihasi doirasida tashkil etilgan info-tur SBT- turizmni rivojlantirish va oilaviy mehmon uylarining turistik salohiyatini, shuningdek, sayyohlarga ko`rsatiladigan xizmatlar majmuasini rivojlantirishga qaratilgan.

Media-tur dasturi doirasida ishtirokchilar Jizzax viloyati Zomin tumani mehmon uylari, Samarqand viloyati Konigil va Tersak qishloqlari faoliyati bilan tanishdilar, shuningdek, Zomin milliy tabiiy bog`i, Peshg`or g`ori va “Xo`jai serob ota” maqbarasi kabi hududlarning turistik joylariga tashrif buyurishgan.

 Tadbirning asosiy maqsadi milliy taomlarni tayyorlash jarayoni,  sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash, sariyog`, qaymoq va boshqa oilaviy mehmon uylarining faoliyati bilan tanishish bo`lgan.

Sharhlar

Samarqandda 31 yoshli ayol o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan erkakni videolarini xotiniga ko`rsatish bilan qo`rqitib, 15 ming AQSh dollari talab qildi (video)

17.04.2023, 13:04

Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, erkak...
"Restoran ishchilaridan tortib IIB kapitanigacha..." Samarqandda bloger ichib olib "tomosha" ko`rsatdi

14.02.2023, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqaldi....
Samarqandda bir oilaning 5 a`zosi zaharlanib, ikki nafari vafot etgani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

01.02.2023, 10:49

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand viloyati Qo`shrabot tuman "Zarmitan" MFYda yashovchi fuqaro S.N. xonadonida uyda, qo`lbola usulda tayyorlangan bodring konservasini iste`mol qilish natijasida 5 kishida ovqatdan...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1