Dunyoning eng kuchli qurolli kuchlari ro`yxatida O`zbekiston 48-o`ringa ko`tarildi.
Milliy armiyamiz avvalroq mazkur ro`yhatning 54-o`rnida edi. Bu haqda UzDaily.uz nashri globalfirepower.com saytiga tayanib xabar beradi.
Ro`yhatga dunyoning 126 mamlakati kirgan. O`zbekiston mazkur ro`yhatda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o`rinni egalladi. Qozog`iston ro`yhatda 53-o`rinda, Turkmaniston – 86, Qirg`iziston – 110 va Tojikiston – 112.
Ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekistonning yillik harbiy byudjeti $70 mln tashkil qiladi.
Reyting tuzishda 50 ta turli omillar, xususan, erda, havoda hamda dengizda jangovor harakatlar olib borish uchun mo`ljallangan harbiy texnikalar soni, shuningdek qurolli kuchlarga sarflanishi mumkin bo`lgan iqtisodiy mablag`lar hisobga olindi.