AsosiyJamiyat

Qashqadaryolik sobiq o`quvchi o`zi o`qigan maktab ta`miriga 2.5 milliard so`m ajratdi

'Qashqadaryolik sobiq o`quvchi o`zi o`qigan maktab ta`miriga 2.5 milliard so`m ajratdi'ning rasmi

Bugun Qamashi tumanidagi 37-maktabda ham ta`mirlash ishlari yakuniga etkazilib, foydalanishga topshirildi. E`tiborlisi, maktabning sobiq o`quvchisi, bugungi kunda tadbirkor Sirojiddin Xoliyorov tashabbusi bilan muassasaning to`liq ta`miri uchun 2.5 milliard so`m ajratilib, maktab obod maskanga aylantirildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

 Maktab hovlisida zamonaviy sport maydoni ham qurilib, o`quvchilar va mahalliy yoshlar foydalanishi uchun sharoit yaratilgan.

Tuman hokimi va tadbir mehmonlari maktabda bo`lib, yaratilgan sharoitlarni ko`rishdi. Maktab kitob fondiga Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining kitoblari sovg`a qilindi.

Maktab ochilish marosimida konsert dasturi ham namoyish qilindi.

    Boshqa yangiliklar