AsosiyJamiyat

“ArMI—2021”: “Elbrus halqasi” musobaqasida o`zbekistonlik harbiylar o`tgan yilgi rekordni yangiladi

'“ArMI—2021”: “Elbrus halqasi” musobaqasida o`zbekistonlik harbiylar o`tgan yilgi rekordni yangiladi'ning rasmi

“ArMI-2021” xalqaro armiya o`yinlari doirasida o`tkazilayotgan “Elbrus halqasi” musobaqasining ikkinchi bosqichida harbiy xizmatchilar Baksan tog`li daryosini osma usulda kesib o`tish vazifasini bajardi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti ma`lum qildi.

Alpinistlar guruhi Terskol tog` tayyorgarligi va omon qolish markazi maydonidan marsh yurishni boshlagan bo`lib, belgilangan hududdagi tog` daryosini osma arqon yordamida kesib o`tishga kirishdi.

Tog` daryosidan o`tish shartida ikkinchi eng yaxshi natijani O`zbekiston jamoasi qayd etib, o`tgan yilgi natijalarini yangiladi — 7 daqiqayu 19 soniya. Qozog`iston jamoasi esa tog` daryosini 8 daqiqa 25 soniyada bosib o`tdi.

Shuningdek, kichik serjantlar To`qliev, Abdulhamidov va Ibragimov musobaqaning “Tog` to`siqlar yo`lagi”dan o`tish shartini 12 daqiqa 58 soniyada uddalab, rekord natijani ko`rsatdi. Mazkur shart bo`yicha oxirgi rekord 2020-yilda o`rnatilgan edi — 14 daqiqa 16 soniya.

“Elbrus halqasi”ning ikkinchi bosqichi ballari bo`linmalarning Elbrus atrofida amalga oshiradigan 100 kilometrli marsh yurishidan keyin hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, “Elbrus halqasi” musobaqasidan Xitoy, Rossiya, Pokiston, Qozog`iston, Armaniston, Abxaziya, Janubiy Osetiya, O`zbekiston va Hindiston harbiy alpinistlar jamoalari tarkibida 90 dan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar