Boysun tumani "Darband" mahallasida yashovchi, D.Madamin "Malibu" sini boshqarib ketayotib, shu yo`lda harakatlanib borayotgan Sherobod tumani "G`o`rin-Gilambob" mahallasida yashovchi, M.Alisher boshqaruvidagi "Kamaz"ga pnevmatik pistoleti bilan 2 marotaba otgan. Voqea 2021 yil 27 avgust kuni soat 16.34 larda, tumanning "Shifobuloq" mahallasi hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lida sodir bo`lgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Pnevmatik pistolet, 1 dona magazin va o`qlar tekshirib ko`rishlik uchun hujjatlashtirib olingan. 28 avgust kuni D.Madaminga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






