O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil - Biznes ombudsmanga Guliston shahridagi “Namuna etalon zavodi” MChJ rahbarining buzilgan bino-inshootlari uchun tovon pulini undirib berishda amaliy so`rab murojaati kelib tushgan.
Biznes Ombudsman Matubuot xizmatining “Darakchi”ga ma`lum qilishicha, Vakil devoni tomonidan Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan da`vo bo`yicha Sudning hal qiluv qaroriga ko`ra, Guliston shahar hokimligiga “Namuna etalon zavodi” MChJga tegishli bo`lgan 2018 yilda buzilgan ob`ekti uchun 1 501 000 000 so`m kompensasiya to`lab berish majburiyati yuklatildi.
Joriy yilning o`tgan davrida Sirdaryo viloyatidagi tadbirkorlik sub`ektlaridan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olingan bino-inshootlarni kompensasiya to`lovi masalasida 7 ta murojaat kelib tushgan bo`lib, shundan 6 tasining talablari to`liq qanoatlantirildi.
Ta`kidlash joizki, joriy yil 20 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentinining tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan bo`lgan “Ochiq muloqoti” davomida davlat rahbari tomonidan ko`chmas mulk ob`ektlarini buzilishi natijasida tadbirkorlarga etkazilgan zararlarni to`lab berish choralarini ko`rish yuzasidan topshiriqlar berildi.






