Sentyabr oyining birinchi besh kunligi, “Mustaqillik” bayramini nishonlash kunlarida O`zbekiston hududiga Erondan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi.
Bu haqda O`zbekiston gidrometerologiya xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, respublikaning barcha hududida kuchsiz, ba`zi joylarda biroz shamolli, kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda.
Harorat yana ko`tarila boshlaydi va haftaning oxiriga kelib kunduz kunlari termometr ustuni 36-39° gacha ko`tariladi.