Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O`zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 7,5 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 34,3 mingta kondisioner eksport qilgan.
Kondisioner eksporti o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 mln. AQSh dollariga oshgan.
O`zbekiston 2021 yilning 7 oyida kondisioner eksport qilgan davlatlar:
- Ozarbayjon – 19,2 mingta
- Tojikiston – 6,4 mingta
- Rossiya – 3,4 mingta
- Turkmaniston – 1,8 mingta
- Qirg`iz R. – 1,5 mingta
- Qozog`iston – 1,3 mingta
- Moldova – 487 ta
- Turkiya – 100 ta
- Yaman – 99 ta
- Afg`oniston – 65 ta
- Armaniston – 6 ta
2021 yilning dastlabki 7 oyida kondisioner eksport qilgan hududlar:
- Toshkent shahri – 6,6 mln.
- Toshkent viloyati – 819,8 ming
- Andijon viloyati – 1,2 ming AQSh dollari