AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1,9 million nafardan ortiq aholi koronavirusga qarshi to`liq emlandi

'O`zbekistonda 1,9 million nafardan ortiq aholi koronavirusga qarshi to`liq emlandi'ning rasmi

31 avgustda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 291 160 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 77 092 nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar159 797nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 54 271 nafarni tashkil qildi.

 

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 14 629 853  doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 9 567 976 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 3 716 534  nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 1 345 343 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 916 032 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Samarqand viloyati (42 830 doza),
  • Farg`ona viloyati (26 454 doza),
  • Andijon viloyati (26 055 doza)  band qildi.

 

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

  • Farg`ona viloyatida 1 673 202 doza,
  • Namangan  viloyatida 1 661 749 doza,
  • Andijon viloyatida1 531 911 doza,
  • Samarqand viloyatida 1 474 724 doza,
  • Qashqadaryo viloyatida  1 146 752 doza,
  • Surxondaryo viloyatida  1 138 139 doza,
  •  Toshkent viloyatida  1 096 415 dozani tashkil qilmoqda.

 

Emlash jarayonlari davom etadi.

    Boshqa yangiliklar