AsosiyJamiyat

Samarqandda IIO xodimlariga mukofotlar topshirildi

'Samarqandda IIO xodimlariga mukofotlar topshirildi'ning rasmi

30 yillik tantanalarini samarqandliklar ham o`zgacha kayfiyat va ko`tarinkilik bilan nishonlamoqda.

Samarqand viloyati IIB jamoasi ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib, bugun nafaqa gashtini surayotgan bir guruh faxriylarni ulug` ayyom bilan qutlab, ularga bayramona kayfiyat ulashishdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Eng quvonarlisi bayram munosabati bilan yoshlarimizni tarbiyalashda o`zini beqiyos hissasini qo`shayotgan faxriylarimizning 2 nafari Ichki ishlar vazirligining “Faxriy xodim” ko`krak nishoni bilan, 24 nafari vazirlikning, 15 nafari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining faxriy yorliqlari bilan rag`batlantirildi.

Shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, ichki ishlar organlarida xizmat qilgan faxriy xodimlar ilk marotaba “Faxriy xodim” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.

 

    Boshqa yangiliklar