AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston prokuraturasida yong`in sodir bo`ldi(video)

'Qoraqalpog`iston prokuraturasida yong`in sodir bo`ldi(video)'ning rasmi

Bugun, 1 sentyabr kuni soat 14:30 chamasida Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi binosi 3-qavatining balkonida yong`in kelib chiqqan. Bu haqda dastlab Kun.uz ma`lum qildi.

Shundan so`ng, Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ushbu yong`in bo`yicha kelib tushgan xabarga ko`ra, Nukus shahar favqulodda vaziyatlar bo`limi Yong`in o`chirish ekipaji voqea joyiga etib kelib, yong`in qisqa vaqtda bartaraf etilgan.

Yong`inning kelib chiqishiga elektr simining qisqa tutashuvi sabab bo`lgani taxmin qilinmoqda. Yong`in oqibatida balkondagi shift qismi 4 m2 zararlangan. Mazkur yong`in oqibatida tan jarohati olganlar yuq.  

Sodir bo`lgan holat buyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar