AsosiyJamiyat

Tokio-2020: Sabina Suxanova final yo`llanmasini qo`lga kiritdi

'Tokio-2020: Sabina Suxanova final yo`llanmasini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Sabina Suxanova final yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Bu haqda Uzreport ma`lum qildi.

Hozirgina Tokiodagi Olimpiya stadionida ayollar o`rtasida T37 klassida 100 metrga yugurish bo`yicha saralash bahslari bo`lib o`tdi.

Hamyurtimiz Sabina Suxanova 13.91 soniya vaqt bilan marraga 4-o`rinda etib keldi va final yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Aytish kerakki, Suxanova bugungi saralashda o`zining mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Eslatib o`tamiz, Sabina Suxanova ishtirokidagi final bahsi ertaga 2 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:37 da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar