Turizm va sport vazirligi tomonidan O`zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan 1-5 sentyabr kunlari aholining maroqli dam olishini tashkil etish, ularni ichki turizmga jalb qilish maqsadida katta imtiyoz va aksiyalar joriy qilindi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Farmoni, shuningdek “O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o`ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni yuqori saviyada o`tkazish to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash yuzasidan quyidagi chegirmalar e`lon qilindi:
1. Mamlakat ichida hududlararo qatnovchi transport vositalari bo`yicha:
“Uzbekistan Airvays” AJ tomonidan 1-5 sentyabr kunlari Respublika aholisi uchun barcha ichki aviaqatnovlarga quyidagi chegirmalar e`lon qilingan:
- - alohida yo`lovchilar uchun – 30%;
- - sayyohlik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab o`quvchilari, kollej, lisey, oliy o`quv yurtlari talabalari, O`zbekiston Respublikasining IIB, MV, DXX, DSQ, DBQ va boshqa idoralarning maxsus o`quv yurtlari o`quvchilari va tinglovchilariga – 40%;
- - oilalar uchun (er, xotin va farzandlari) – 50%;
- - nafaqaxo`rlar, nogironligi bo`lgan shaxslar, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari, front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan bilan taqdirlangan shaxslar hamda Chernobil AESdagi falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun jalb qilingan shaxslarga – 50%.
- Undan tashqari “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan 1-4 sentyabr kunlari respublikaning barcha ichki qatnovlariga quyidagi bayram chegirmalari mavjud:
- - nafaqaxo`rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga – 50%;
- - oliy o`quv yurtlarining talabalari, maktab o`quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta`lim muassasalari talabalari uchun – 15%;
- - oilalar uchun (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va
- 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to`lmagan bolasi bo`lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%;
- - jamoalarga (hamkasblarga) (4 kishidan ortiq - yo`riqnoma asosida) – 15%;
- - “Afrosiyob” tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo`lovchilar uchun - 10%.
2. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan ziyoratgohlarda keksalar hamda nafaqadagilar uchun 50% chegirmalar joriy qilindi. Shu bilan birga, nogironligi bor shaxslar, 7 yoshdan kichik bolalar va guruhlar tarkibida ziyoratchilarni olib keluvchi tadbirkorlik subektlari uchun bepul kirish joriy etilgan.
3. Xorazm viloyati “Ichan Qal`a” davlat muzey-qo`riqxonasida joriy yilning 2-8 sentyabr kunlari “Muzeylar haftaligi” deb e`lon qilinishi munosabati bilan erda madaniy-ma`rifiy tadbirlar o`tkazilish hamda aholi uchun bepul kirishi rejalashtirilgan.






