AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ayolim vaksina olib, o`lim yoqasida — Rossiyadan fuqaro murojaat yo`lladi

'O`zbekistonda ayolim vaksina olib, o`lim yoqasida — Rossiyadan fuqaro murojaat yo`lladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasida faoliyat olib boruvchi, o`zini "O`zbekiston fuqarosiman", deb tanishtirgan fuqaro: "O`zbekistonda ayolim vaksina olib, o`lim yoqasida!" deya yo`llagan videomurojaati tarqaldi.

Fuqaroning yo`llagan video murojaati bo`yicha Namangan viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni ma`lum qildi:

Ushbu fuqaroning murojaati bo`yicha Namangan viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi tomonidan, viloyatning barcha shahar va tuman tibbiyot birlashmalarida dastlabki o`rganishlar olib borilmoqda.

Ayni damda murojaatchining manzili va shaxsi aniq ko`rsatilmaganligi tufayli telefon orqali murojaat bo`lganligi tasdiqlanmadi.

Shuningdek, Namangan viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi besh oydan beri davom etayotgan vaksinasiya jarayonida emlangan fuqarolarda biror marotaba jiddiy nojo`ya ta`sir bo`lmaganligini  ma`lum qiladi.  

Boshqarmaga hech bir fuqarodan vaksina sabab nojo`ya ta`sirlar borasida murojaat kelib tushmagan.

Sizlardan shuni so`rab qolamizki, mabodo yuqoridagi kabi holatlar kuzatilsa, yashash manzilingiz, o`zingiz va yaqinlaringiz to`g`risida to`liq ma`lumot bersangiz, tezkorlik bilan o`rganib, holat bo`yicha batafsil ma`lumot beramiz.

 

    Boshqa yangiliklar