Sinoptiklarimizning ma`lumotlariga ko`ra, 2 sentyabrda kunduz kuni respublika bo`yicha kuchsiz, ba`zi joylarda biroz shamol esishi bilan asosan kam bulutli ob-havo bo`ladi. Havo harorati ko`tariladi va 32-37° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-35° bo`ladi.
Tog`li hududlarda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 23-28° bo`ladi.






