AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda multiradarlar bilan jihozlangan 5 ta avtomashina tartibbuzar haydovchilarni aniqlash uchun ish boshladi

'Qashqadaryoda multiradarlar bilan jihozlangan 5 ta avtomashina tartibbuzar haydovchilarni aniqlash uchun ish boshladi'ning rasmi

Qashqadaryoda multiradarlar bilan jihozlangan xizmat avtomashinalari harakati yo`lga qo`yildi. Bunday avtoulovlardan foydalanish yo`l-transport xodisalarini oldini olishda ijobiy tasir ko`rsatadi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, moslama 1 dan 6 tagacha harakat bo`lagiga ega bo`lgan avtomobil yo`llarida qarama-qarshi yo`lning harakat yo`nalishidagi qatnovning yuqori tezlikda harakatlanayotgan qoidabuzarlikni avtomatik ravishda qayd etish imkoniyatiga ega. Avtoulovning old oynasiga o`rnatilgan radar nafaqat yo`llarda harakatlanish vaqtida balki to`xtab turgan holatda ham qoidabuzarlikni aniqlash imkonini beradi.

Ayni vaqtda Qashqadaryo viloyati IIB YHXBga ushbu radarlar bilan jihozlangan 5 ta maxsus avtomashinalar keltirilgan bo`lib ushbu transport vositalar yo`l harakati qoidalari buzilishini oldini oladi. 

    Boshqa yangiliklar