FLEX — Kelajak Liderlari Almashinuvi dasturi AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu Dastur maktabning yuqori sinf va kollej/lisey o`quvchilarini 1 yil davomida AQShda bepul yashash va ta`lim olishini ta`minlaydi.
G`olib nomzodlar ko`ngilli sifatida ishtirok etayotgan AQShdagi mezbon oilada dastur mobaynida bepul yashaydilar va mahalliy maktabda o`qish imkoniga ega bo`ladilar.
Xalqaro Ta`lim bo`yicha Amerika Kengashlari dasturning barcha tashkiliy ishlariga mas`uldir, jumladan tanlov jarayonlari, imtihon o`tkazish, g`oliblarni tanlash, dastur oldi tayyorlov tadbirlari va sayohat ishlarini tashkil etadi
Dasturning asosiy maqsadi AQSh va boshqa davlatlar o`rtasidagi do`stona munosabatlarni o`rnatish va yoshlarga turli millat va jamiyatlarning madaniyatini o`rganish va o`z mamlakatlarining vakili sifatida etakchilik qilishiga imkon berishdir, deyiladi dasturda.
Ta`kidlanishicha, FLEX g`oliblari dastur davomida o`zlarida etakchilik ko`nikmalarini shakllantiradilar. Amerika jamiyati va qadriyatlari bilan tanishadilar, amerikaliklarga o`z mamlakatlari va madaniyatlari haqida o`rgatadilar.
Arizalar 2021 yil 15 oktyabrga qadar qabul qilinadi.