AsosiyJamiyat

Navoiyda shifokor hamshiradan ishga joylash uchun 7 million olayotganda ushlandi

'Navoiyda shifokor hamshiradan ishga joylash uchun 7 million olayotganda ushlandi'ning rasmi

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 1970-yilda tug`ilgan qiziltepalik  ko`p yillar tibbiyot sohasida ishlagan  shifokor S.F tanishi hamshira M.Tga yangidan ishga tushgan tug`ruqxonaga tanishlari orqali  ishga kiritib qo`yishini aytib, buning uchun 7 mln so`m pul talab qildi. 

Hamshira hozirgi paytda ishsiz bo`lganligi bois mazkur pulni berishga rozi bo`ladi. Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida S.Fning 7 mln so`m pullar hamda M.Tning shaxsiy hujjatlarini olayotgan paytda qo`lga olingan. Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

S.F yuqori toifali shifokor bo`lgan. Ammo bir yil oldin mansabini suiste`mol qilib, bir necha bor oq xalatga dog` tushirgani bois, viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi tomonidan "Hayfsan" olib shartli ravishda Karmana tumani Shoshilinch tez tibbiy yordam ko`rsatish bo`limida navbatchi shifokor lavozimiga buyurilgandi. “O`rgangan ko`ngil, o`rtansa qo`ymas”, deb shunga aytishsa kerak. 

 

 

    Boshqa yangiliklar