Ijtimoiy tarmoqda "Yulduzlikka ilk qadam" sarlavhasi bilan, 4R-12 "Bektemir-Chorbog`" avtomobil yo`lida haydovchi "Damas" rusumli transport vositasini turli xavfli manyovrlar bilan orqaga boshqarib, bu xatti-harakati bilan boshqa haydovchilarning erkin harakatlanishiga xalaqit berganligi, avariya holatini yuzaga keltirishi mumkinligi aks etgan video tarqaldi.
Video Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan holat o`rganilib, haydovchi 2001 yilda tug`ilgan I.T.ga nisbatan o`rnatilgan tartibda bayonnoma tuzildi va tekshiruv davomida ushbu avtomobil bo`yicha o`z muddatida bartaraf qilinmagan jarimalar mavjudligi aniqlanib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilgan.






