Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha kecha 1 sentyabr kuni navbatchilik qismiga 24 yoshli Jahongir R. murojaat qilib, ikki nafar notanish shaxslar kelishmovchilik ortidan uning “Matiz”iga (davlat raqami 01 042 JEA) zarar etkazganligini ma`lum qilgan.Voqea joyiga tezkorlik bilan Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari etib kelishadi.
Haydovchining so`zlariga ko`ra, u Navoiy ko`chasidan avtomobilida uch nafar yo`lovchisi bilan harakatlanib ketayotgan bo`lgan. Orqasidan kelayotgan oq rangli “Matiz”dagilar ularni go`yoki “o`tkazib yuborishmaganlik" vaji bilan Jahongir R.ni to`xtashga majbur qilishgan. Natijada orada janjal chiqib, Jahongir R.ning avtomobiliga zarar etkazilgan. Notanish shaxslar uning avtomobilining oynalarini sindirib, eshiklardan biriga zarar etkazgan va voqea joyini tark etgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.






