AsosiyJamiyat

ITB bilan Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg`armasini tashkil etishga kelishib olindi

'ITB bilan Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg`armasini tashkil etishga kelishib olindi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida o`tkazilayotgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig`ilishi ayni paytlarda davom etmoqda.  

"Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha,  Prezident Shavkat Mirziyoev ITBning Toshkentdagi yig`ilishi doirasida Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg`armasini tashkil etishga kelishib olingani haqida xabar berdi.  

"Bizning kambag`allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa`y-harakatlarimizni qo`llab-quvvatlaydigan yangi loyiha – Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg`armasini tashkil etish bo`yicha kelishuvning mazkur anjuman doirasida imzolangani uchun Islom taraqqiyot banki va Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumatiga o`z tashakkurimizni bildiramiz.

Kapitali 500 million dollarga etkazilishi ko`zda tutilgan mazkur jamg`arma yoshlarimiz, ayollarimiz va qishloq aholisini  tadbirkorlikka jalb qilish uchun zarur sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Mintaqamizda dolzarb bo`lgan ekologik muvozanatni ta`minlash uchun barcha davlatlar bilan birgalikda faol sa`y-harakatlarni amalga oshirishimiz zarur.

Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti   sha`feligida tuzilgan Ko`p sheriklik trast jamg`armasi faoliyatini jadallashtirish lozim.

Shu bilan birga, BMTning Bosh Assambleyasida ma`qullangan Orolbo`yi mintaqasida ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududini tashkil etish jarayonini Bankning qo`llab-quvvatlashi va ko`magiga tayanamiz".

kambag`allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa`y-harakatlarimizni qo`llab-quvvatlaydigan yangi loyiha

    Boshqa yangiliklar