AsosiyJamiyat

37 nafar yurtdoshimiz ishlash uchun Rossiyaga jo`nab ketdi

'37 nafar yurtdoshimiz ishlash uchun Rossiyaga jo`nab ketdi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Rossiya Federasiyasining “RJDstroy” aksiyadorlik jamiyati o`rtasida temir yo`l qurilishida ishlash  uchun bo`sh ish o`rinlariga O`zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo`yicha kelishuvlarga erishilgan. Bu haqda agentlik ma`lum qildi.

Ushbu kelishuvlarga asosan tashkil etilgan tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolarning 7 nafari belgilangan tartibda tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, sug`urta xizmatlari ko`rsatildi va Buxoro xalqaro aeroportidan Irkutsk viloyatiga tashkillashtirilgan tartibda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo`natildi.  

Ta`kidlash joizki, ushbu fuqarolarning yo`l va turar joy bilan bog`liq barcha xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanmoqda.

Shuningdek, Agentlik va Rossiya Federasiyasining “PSP” mas`uliyati cheklangan jamiyati o`rtasida imzolangan kelishuvga asosan 25 nafar fuqaro Toshkent – Novosibrsk – Blagoveshensk yo`nalishidagi aviareysi, “Baltrans” korxonasi o`rtasida imzolangan kelishuvga asosan 5 nafar fuqaro Toshkent –Sankt-Peterburg yo`nalishidagi aviareys orqali ishlash uchun tashkiliy tartibda Rossiyaga jo`natildi.

Xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolar bilan targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ularga tarqatma materiallar berildi.

    Boshqa yangiliklar